Niderlandiya va Daniya Grenlandiyada xavfsizlik choralarini kuchaytiradi.
Bu haqda Niderlandiya tashqi ishlar vaziri David van Vil ijtimoiy tarmoq platformasida ma’lum qildi.
"Daniyalik hamkasbim Lars Lyokke Rasmussen bilan yaxshi fikr almashdik. Biz Arktika va Grenlandiyada xavfsizlikni mustahkamlash muhimligini muhokama qildik. NATO ittifoqchilari sifatida biz qo‘shma sa’y-harakatlarimizni kuchaytirishga qat’iy qaror qildik. Men Grenlandiyaning kelajagini Daniya va Grenlandiyaning o‘zi belgilab berishini yana bir bor ta’kidladim", deb yozgan u.
AQSh prezidenti Donald Tramp Grenlandiyaning Qo‘shma Shtatlarga qo‘shilishi zarurligini bir necha bor ta’kidlagan. Birinchi prezidentlik muddati davomida u orolni sotib olishni taklif qilgan va 2025 yil mart oyida u Kopengagenni rad esa, savdo tariflari bilan tahdid qilib, uni anneksiya qilish mumkinligiga ishonch bildirgan. Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen bu da’volarni rad etib, orol qirollikning bir qismi ekanligini ta’kidlaydi.