Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Niderlandiya Ukrainada harbiylarni tayyorlash uchun 10 million yevro ajratadi

Niderlandiya Ukrainada harbiylarni tayyorlash uchun 10 million yevro ajratadi

Niderlandiya mudofaa vaziri Dilan Yeshilgyoz-Zegerius qo‘shimcha moliyalashtirish Ukraina harbiylarini tayyorlash ko‘lamini oshirish imkonini berishini ma’lum qildi.

Niderlandiya Ukrainada harbiy xizmatchilarni tayyorlash imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida o‘quv infratuzilmasini rivojlantirish uchun 10 million yevro ajratadi. Bu haqda Niderlandiya mudofaa vaziri Dilan Yeshilgyoz-Zegerius ma’lum qildi.

«Bugun biz Ukrainadagi o‘quv ob’ektlari uchun 10 million yevro ajratilishini e’lon qilamiz», — dedi u Bryusselda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari mudofaa idoralari rahbarlari yig‘ilishiga yetib kelgach jurnalistlarga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shimcha moliyalashtirish tayyorgarlikdan o‘tayotgan ukrainalik harbiy xizmatchilar sonini oshirish imkonini beradi.

Vazir, shuningdek, Niderlandiya ittifoqchilari bilan birgalikda Ukraina Qurolli kuchlarining qariyb 100 ming nafar askar va ofiserini tayyorlashda ishtirok etganini eslatdi. Bu ishlar Yevropa Ittifoqining EUMAM Ukraine harbiy tayyorgarlik missiyasi doirasida ham amalga oshirilgan.

Kiritildi: Bugun 15:26. O'qildi: 207 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!