Niderlandiya bosh vaziri Rob Yetten mamlakatdagi siyosiy vaziyat sabab ikkita xalqaro tadbirda ishtirok etishdan voz kechdi.
NOS teleradiokompaniyasining hukumat axborot xizmatiga tayanib xabar berishicha, Yetten Dublinda o‘tadigan Yevropa Ittifoqi vakillari uchrashuviga bormaydi.
«Bosh vazir Yetten hozirgi siyosiy vaziyat tufayli Dublindagi Yevropa Ittifoqi muzokaralarida ishtirok etmaydi», — deyiladi rasmiy xabarda.
Shuningdek, Niderlandiya hukumati rahbari Turkiyaning Antalya shahrida o‘tkaziladigan BMT iqlim sammitiga ham tashrif buyurmaydi.