Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Neymarning spirtli ichimliklar bilan muammolari bor

Neymarning spirtli ichimliklar bilan muammolari bor

Neymarning vaziyati tasavvur qilish mumkin bo‘lganidan ham murakkabroq. Jurnalist Rodolfo Gomesning so‘zlariga asoslanib, Santistas.net nashrining xabar berishicha, Neymarning 2025 yil oxirigacha maydonga qaytishi dargumon. Yaqinda "Santos"ning yulduz forvardi yana lazaretga tushib qoldi.

Biroq, Neymarning muammolari faqat jarohat bilan cheklanmaydi. Gomes Braziliya terma jamoasi futbolchisi spirtli ichimliklarga ruju qo‘ygani va sport rejimiga rioya qilmayotgani haqida ma’lumotga ega.

"Neymar viski va energetiklarga mukkasidan ketgan. U chilim chekadi va faqat ertalab soat 4-5 da uxlashga yotadi," - dedi Gomes.

Sentyabr oyida Neymar Braziliya terma jamoasiga bormadi, buni jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "texnik qaror" deb atadi.

Kiritildi: 09:16 26.09.2025. O'qildi: 723 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!