Bugun 20 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Neymarning oldida ikki yo‘l bor

Neymarning oldida ikki yo‘l bor

"Santos"ning braziliyalik hujumchisi Neymar "Inter Mayami"ga o‘tishi mumkin.

Diario Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Neymar bo‘lajak jahon chempionatida Braziliya terma jamoasiga kirish imkoniyatini oshirish uchun Yevropaga qaytishga umid qilgan. Ammo hozircha futbolchiga katta klublardan jiddiy qiziqish bo‘lmayapti. Endi Neymarda faqat ikki yo‘l bor: "Santos" bilan tugayotgan shartnomani yana yarim yilga uzaytirish yoki "Inter Mayami"ga o‘tish.

2021 yilda Neymar 21 ta o‘yinda maydonga tushib, oltita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. 33 yoshli braziliyalikning klub bilan mehnat shartnomasi dekabr oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 13:54 23.10.2025. O'qildi: 1028 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!