Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Neymar nega «Real»ga o‘tishdan bosh tortganini tushuntirdi

Neymar nega «Real»ga o‘tishdan bosh tortganini tushuntirdi

Braziliyalik hujumchi, «Santos» futbolchisi Neymar 2013 yilda «Real» taklifini rad etib, nega «Barselona»ga o‘tishga qaror qilganini tushuntirdi.

«"Real"ning taklifi men uchun cheklovsiz edi, ular menga xohlagan narsamni olishim mumkinligini aytishgan… lekin yuragim "Barsa"ni tanladi. "Real"da uch baravar ko‘proq maosh olardim. Florentino doimo meni qadrlar edi. Ammo "Barselona"da Ronaldinyo o‘ynagan va men Messi bilan birga to‘p surishni istardim», — dedi Neymar. Uning so‘zlarini jurnalist Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoq X da keltirgan.

Neymar «Barselona» safida 2013 yildan 2017 yilgacha o‘ynagan. U shu davr mobaynida barcha musobaqalarda 186 ta o‘yinda maydonga tushib, 105 ta gol urgan va 76 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Kiritildi: 15:13 28.02.2025. O'qildi: 1223 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!