«Al-Hilol» sobiq futbolchisi Neymar porutagiyalik mutaxassis Jorje Jezushning Braziliya milliy jamoasini boshqarishi mumkinligi haqidagi savolga javob berishni istamadi.
«Mening bunga hech qanday aloqam yo‘q. Men futbolchiman, bunga meni aralashtirmang», - dedi Neymar Charla podkastida bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Neymar va Jezus o‘rtasidagi kelishmovchilik 2024 yil oxirida boshlangan. Murabbiy uni shartnoma oxirigacha (2025 yil iyungacha) tarkibda qolishiga ishontirgan. Biroq, ko‘p o‘tmay, Jezush intervyuda Neymarga umid bog‘lamasligi, chunki u endi yuqori darajada o‘ynay olmasligini aytgan.