Neymar o‘zining mashinalar kolleksiyasini Braziliyaga olib kelolmaydi.
Braziliyalik hujumchi "Santos" bilan 30 iyungacha belgilangan bitimga imzo chekkan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi 12 yil davomida Braziliyadan tashqarida futbol o‘ynab, qimmatbaho avtomobillar kolleksiyasin yiqqan.
Futbolchining avtoparkida Rolls-Royc Ghost ikkinchi avlodi, Aston Martin DBX, Bentley Continental GT, Lamborghini Huraca va Mercedes-Benz G klassining to‘rtta mashinasi mavjud.
Uning eng yaxshi va eng qimmat mashinalari "Al Hilol" bilan tuzilgan shartnoma doirasida sotib olingan. Kelishuv bo‘yicha Neymar yillik 160 mln. yevrodan tashqari turli imkoniyatlarga ega bo‘lgan.
Ammo Neymar hozir superkarlaridan foydalana olmaydi. Braziliya qonunchiligi mahalliy sanoatni himoya qilish va adolatsiz raqobatdan qochish uchun foydalanilgan avtomobillarni import qilishni cheklaydi. Import qilish uchun faqat o‘ttiz yoshdan oshgan, allaqachon kolleksiya sifatida qabul qilingan avtomobillarni olib kirishga ruxsat beriladi.
Ayni damda mashinalarning joyi haqida ma’lumotlar yo‘q.