Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning o‘g‘li Avner 2022 yili Buyuk Britaniyadagi iqtisodiy inqirozdan so‘ng funt sterling kursi pasayishidan foydalanib, Oksford shahrida £502,500 ($680,000) ga kvartira sotib olgan. Bu haqda Calcalist nashri xabar berdi.
Xarid "Avi Avner Segal" nomi ostida amalga oshirilgan. Bu taxallus Avnerning buvisi qizlik familiyasidan olingan bo‘lib, xavfsizlik sababli shunday qilganini ma’lum qilgan.
Kvartirani xarid qilishda ipoteka olinmagan, pulni esa ota-onasi bergani aytilgan.
Xarid summasi 1.98 mln shekelni tashkil qilgan — bu Isroilda xorijiy mulkni soliq idorasiga majburiy deklarasiya qilish talab qilinadigan 2 mln shekel chegarasidan past.
Agar bitim 10 kun erta yoki kech bo‘lib o‘tganida, valyuta kurslariga ko‘ra summa 2 mln shekeldan oshib ketgan bo‘lar edi va Avner rasman deklarasiya taqdim etishi shart bo‘lardi.
2022 yili Netanyahu hali muxolifat yetakchisi edi va uning o‘g‘lini xorijda Shin-Bet tomonidan qo‘riqlash bo‘yicha so‘rovi rad etilgan.
Netanyahu “1000”, “2000” va “4000” deb nomlangan uchta jinoyat ishi bo‘yicha tergov ostida. Uni boy biznesmenlardan sovg‘alar qabul qilish va ommaviy axborot vositalaridan ijobiy yoritish evaziga bizneslarga imtiyozlar berishda ayblashmoqda.