Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Netanyaxu Trampga oltin peyjer sovg‘a qildi: Ramziy ishora bormi?

Netanyaxu Trampga oltin peyjer sovg‘a qildi: Ramziy ishora bormi?

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Oq uyga tashrifi chog‘ida AQSh sobiq prezidenti Donald Trampga oltin peyjer sovg‘a qildi. Ushbu sovg‘a 2024 yil sentyabr oyida Isroil maxsus xizmatlari tomonidan amalga oshirilgan misli ko‘rilmagan operasiyaga ishora qilishi mumkin.

O‘sha paytda Mossad Livanda faoliyat yurituvchi «Hizbulloh» terroristik guruhiga yashirin ravishda portlovchi moddalar joylangan peyjerlarni yetkazib bergan edi. Ushbu qurilmalar bir vaqtning o‘zida portlatilib, 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, 3 mingga yaqin odam jarohat oldi va bu «Hizbulloh»ga jiddiy zarba berdi.

Noyob sovg‘aning surati X ijtimoiy tarmog‘ida Ilon Mask tomonidan e’lon qilindi. Oltin peyjer zaytun daraxtidan yasalgan disk ustiga o‘rnatilgan bo‘lib, uning ostida quyidagi yozuv tushirilgan: «Prezident Donald J. Trampga – eng buyuk do‘stimiz va eng buyuk ittifoqdoshimiz. Bosh vazir Binyamin Netanyaxu».

Peyjerning o‘zida esa qiziq bir yozuv bor: «Ikkala qo‘l bilan bosish».

Kiritildi: 04:14 08.02.2025. O'qildi: 983 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!