Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali suhbatda undan Eronga qarshi zarbalarni qayta boshlashni talab qildi. Bu haqda Axios xabar berdi.
Nashr manbalariga ko‘ra, Netanyahu Trampdan Kongressga oraliq saylovlardan so‘ng Eronga zarba berishni boshlashni so‘ragan. Biroq AQSh prezidenti hozircha harbiy harakatlar o‘rniga Qatar vositachiligida Tehron bilan olib borilayotgan muzokaralarga imkon berish tarafdori. Netanyahu esa bu muzokaralardan xavotirda.
Tramp Eronga qarshi avvalgi harbiy amaliyotlardan oldin (2025yil iyun va 2026yil fevral oylarida) ham ikkita strategiyaga amal qilgan. Xususan, kelishuvga erishishga harakat qilgan va bir vaqtning o‘zida jangovar harakatlarni boshlashga tayyorgarlik ko‘rgan. 2026 yil iyun oyida AQSh va Eron o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olgan, biroq ko‘p o‘tmay har ikki tomon bir-birini tinchlik rejimini buzganlikda ayblagan.
Oktyabr oyi oxirida AQSh Fors ko‘rfazi davlatlarini oraliq saylovlardan so‘ng mintaqada qisqa, ammo shiddatli harbiy amaliyot o‘tkazishi mumkinligi haqida ogohlantirgan. Shu bilan birga, AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi Muhsin Rizoiy bilan bog‘lanib, Tehron va Vashington o‘rtasida kelishuvga erishish uchun yetarlicha umumiy nuqtalar bor-yo‘qligini aniqlashga uringan.