Bugun 17 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Nepaldagi tartibsizliklar tufayli 15 mingdan ortiq mahbus qochib ketdi

A A A
Nepaldagi tartibsizliklar tufayli 15 mingdan ortiq mahbus qochib ketdi

Nepalda 31 kishining o‘limiga olib kelgan ijtimoiy tarmoqlarning taqiqlanishi ortidan boshlangan hukumatga qarshi norozilik namoyishlari qamoqxonalardan ommaviy qochishlarga sabab bo‘ldi – 15 mingdan ortiq mahbus ozodlikka chiqib ketdi.

The Kathmandu Post yozishicha, Bosh vazir Xadji Prasad Sharma Oli va bir qator vazirlar iste’foga chiqqan bo‘lsa-da, noroziliklar kuchayib, mamlakat xavfsizlik inqiroziga yuz tutdi.

Namoyishchilar qamoqxonalarga hujum qilib, ma’muriy binolarga o‘t qo‘ydi, 25 dan ortiq muassasada mahbuslarning qochishiga yo‘l ochildi.

Politsiya o‘t ochgani sababli bir koloniyada 5 mahkum halok bo‘ldi, boshqa qamoqxonada esa 10 dan ortiq mahbus yaralandi.

Armiya va polisiya safarbar etildi. Qochib chiqqanlar orasida qotillik, zo‘rlash, odam savdosi kabi og‘‘ir jinoyatlarda ayblanganlar va hatto xorijliklar ham bor. Bir qismi qo‘lga olindi, yana bir qismi ixtiyoriy qaytdi.

Zo‘ravonlik kuchaymoqda. Namoyishchilar siyosatchilar va hukumat binolariga hujumlarni davom ettirmoqda. Sobiq bosh vazir Jala Natx Xanalning turmush o‘rtog‘i og‘ir ahvolga tushgani xabar qilindi.

4 sentyabrda hukumat Facebook, Instagram, WhatsApp, YouTube, X, Reddit va LinkedIn’ni blokladi. Bu yoshlar ommaviy noroziliklariga turtki bo‘lib, ular korrupsiyaga qarshi ham chiqishdi.

To‘qnashuvlarda 31 kishi halok bo‘ldi, 1000 dan ziyod odam yaralandi. Keyinroq hukumat taqiqni bekor qildi, bir nechta vazir iste’foga chiqdi, ammo namoyishlar to‘xtamadi.

9 sentyabr kuni hukumat Olining iste’fosini rasman tasdiqladi.

Kiritildi: 15:02 11.09.2025. O'qildi: 778 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!