Bugun 23 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Nepalda umummilliy motam e’lon qilindi: toshqin qurbonlari soni 1 300 nafardan oshdi

Nepalda umummilliy motam e’lon qilindi: toshqin qurbonlari soni 1 300 nafardan oshdi

Nepalda 26 avgust kuni yuz bergan halokatli toshqin qurbonlari xotirasiga bag‘ishlab umummilliy motam kuni e’lon qilindi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Nepal va Tibetda ofat oqibatida halok bo‘lganlar soni 1 300 nafardan oshgan, qariyb 5 ming kishi bedarak hisoblanmoqda.

Ayni paytda qutqaruv ishlarining asosiy qismi 12 ta gidroelektr stansiyasi hududida olib borilmoqda. Bu ob’ektlarda taxminan 900 nafar ishchi bedarak, yana qariyb 500 kishi tunnellarda qolib ketgan bo‘lishi mumkin.

Dam olish kunlari qutqaruvchilar tunnellardan uch nafar ishchini tirik olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Bu esa boshqa bedaraklarni ham tirik topish umidini oshirgan.

Qidiruv-qutqaruv ishlarida Nepal harbiylari bilan birga Hindiston, Xitoy, Janubiy Koreya va AQSh mutaxassislari ham ishtirok etmoqda. Qidiruv ishlari yerda, havodan va tunnellar ichida bir vaqtning o‘zida olib borilyapti.

Xalqaro tunnellar va yerosti inshootlari assosiasiyasi prezidenti Arnold Diks bu holatni misli ko‘rilmagan qutqaruv operasiyasi deb atagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bir vaqtning o‘zida turli ob’ektlarda bir nechta murakkab operasiyalar o‘tkazilmoqda.

Nepalda aholining asosiy qismi hinduiylikka e’tiqod qiladi va an’anaga ko‘ra motam marosimlari 13 kun davom etadi. Ayrim oilalar bedarak yaqinlarining jasadlari hali topilmagan bo‘lsa-da, ramziy dafn marosimlarini o‘tkazgan.

Kiritildi: 16:35 07.09.2026. O'qildi: 505 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!