Bugun 15 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Nemis jurnalisti Putinni maqtab feyk akkaunt ochgach, unga Rossiya agentlari topshiriq bera boshlagan

Nemis jurnalisti Putinni maqtab feyk akkaunt ochgach, unga Rossiya agentlari topshiriq bera boshlagan



Germaniyalik jurnalist Angelike Geray Rossiyaning Germaniyadagi yashirin ta’sir tarmoqlarini o‘rganish uchun ijtimoiy tarmoqlarda “Katya” nomi bilan feyk akkaunt ochgan. U o‘zini rossiyaparast inflyuyenser sifatida ko‘rsatib, Putinni maqtagan va Rossiya bayrog‘i bilan videolar joylagan.

RTL surishtiruviga ko‘ra, ko‘p o‘tmay “Katya” bilan Rossiyaga aloqador agentlar bog‘lanib, turli topshiriqlar taklif qilgan. Dastlab suratga olish, SIM-karta olish yoki pochta qabul qilish kabi oddiy vazifalar berilgan, keyin esa jiddiyroq topshiriqlar ham paydo bo‘lgan. To‘lovlar bitkoin orqali amalga oshirilgani aytilmoqda.

Jurnalist, shuningdek, Germaniyadagi rossiyaparast doira vakillari bilan ham aloqa o‘rnatgan. Ulardan biri bilan suhbatda Rossiya maxsus xizmatlari bilan aloqalar borligiga ishora qilingan.

RTL’ga ko‘ra, “Katya” feyk shaxs ekani ochiqlanganidan keyin jurnalistga tahdidli ovozli xabar ham kelgan.
Surishtiruv Germaniyada Rossiyaga bog‘liq deb qaralayotgan dezinformasiya va qo‘poruvchilik xavotirlari kuchaygan bir paytda e’lon qilindi.

Kiritildi: 19:57 14.09.2026. O'qildi: 568 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!