Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Navoiylik qizlar Dubayda yashovchi fuqaroning tuzog‘iga ilindi

Navoiylik qizlar Dubayda yashovchi fuqaroning tuzog‘iga ilindi

2022 yil 13 yanvar Navoiy shahar Abdulla Avloniy ko‘chasida yashovchi X.N Navoiy IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan edi.

Unga ko‘ra, Konimex tumani Guliston MFYda ro‘yxatda turib ayni paytda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida yashovchi SH.N internet ijtimoiy tarmog‘ining telegramm messenjeri orqali yosh qizlar bilan aloqa o‘rnatib faxsh maqsadlarda yo‘ldan ozdirib, aldab mamlakatdan olib ketishni maqsad qiladi.

Uning jinoiy rejasi to‘riga 20 yoshli xatirchilik O.B hamda 22 yoshli karmanalik X.Nlar ilinadi. Qizlarning barcha xarajatlari qoplanishi hamda aviabilet pullari to‘lab berilishi va’da qilinib SH.Nning sherigi G.Sh orqali Dubay shahriga olib chiqib ketilayotgan vaqtda shahar IIB terrorizm va ekstrimizmga qarshi kurashaish boshqarmasi hamda DXX xodimlari bilan hamkorlikdagi tezkor tadbir natijasida odam savdosiga chek qo‘yildi.

Kiritildi: 12:30 29.01.2022. O'qildi: 6597 marta. Fikrlar soni: 7 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!