Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevni qat’iyatli va izchil siyosatchi deb atadi.
“Bunday bayonotlarni kelajakni siyosiy jihatdan haqiqatan ham ko‘ra oladigan, qat’iyat va izchillikka ega insonlargina aytishi mumkin. Boshqalar bunday qila olmaydi”, — dedi Peskov.
Peskov bu fikrni To‘qayevning Vladimir Putin haqidagi bayonotiga munosabat bildirib, “Vesti” jurnalisti Pavel Zarubinning savoliga javoban aytdi.
Bundan avval To‘qayev Germaniyada Fridrix Mers bilan o‘tkazgan matbuot anjumanida Putinni “Markaziy Osiyo, Yevropa va butun dunyo uchun Rossiyadagi eng maqbul siyosiy shaxs” deb atagan edi.