Kecha ijtimoiy tarmoqlarda tonggi vaqtda Navoiy shahrini oq, changsimon tutun qoplagani haqida xabarlar tarqaldi. Bu holat bo‘yicha fuqarolar tomonidan “Navoiyazot” AJ faoliyati bilan bog‘liq deyilgan taxminlarga Ekologiya boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
2025 yil 19 iyul, soat 07:00–09:00 orasida “Navoiyazot” atrofida havo namunalari olinib tahlil qilindi:
▪️ Ammiak – me’yordan 1,4 barobar yuqori;
▪️ Vodorod sulfidi – 16,8 barobar yuqori.
Shuningdek, Zulfiya ko‘chasidagi postidagi tahlillar natijasida:
▪️ Uglerod ikki oksidi – 1,04 barobar;
▪️ Ammiak – 1,1 barobar me’yordan yuqori ekani ma’lum bo‘ldi.
Hozirda “Navoiyazot”dagi kamchiliklar va ehtimoliy qonunbuzarliklarni aniqlash maqsadida maxsus tekshiruv o‘tkazish uchun hujjatlar tayyorlanmoqda.