"Biz odatdagi tartibda ishimizni davom ettirmoqdamiz", deyiladi Ozon Uzbekistan matbuot xizmati xabarida.
"Cheklovlar Ozon Bankka nisbatan joriy qilingan — u faqat Rossiya hududida faoliyat yuritadi, respublikadagi hamkorlar va mijozlar bilan hisob-kitoblarda bu bankdan foydalanmaymiz — ularni boshqa tashkilotlar ta’minlaydi. Shu sababli, O‘zbekistondagi Ozon xaridorlari, biznes hamkorlari, sotuvchilari va buyurtma berish punktlari egalari uchun hech narsa o‘zgarmaydi.
Sanksiyalar Ozon guruhining boshqa yuridik shaxslari va biznesiga taalluqli emas, bizning kundalik faoliyatimiz va rivojlanish rejalarimizga ham bu vaziyat ta’sir ko‘rsatmaydi. Bank, shuningdek, bizning Guruhimiz kompaniyalarining kapitalida ishtirok etmaydi.
Shu bilan birga sanksiyalar Ozon bankning Rossiyadagi faoliyatiga ham ta’sir ko‘rsatmaydi. Bankni chet elda hech qanday aktivlari yo‘q, mamlakat tashqarisida operasiyalarni amalga oshirmaydi hamda SWIFT tizimidan ham foydalanmaydi — faqat Rossiya moliyaviy infratuzilmasidan foydalanadi".
Avvalroq, Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi yangi, 18-paket sanksiyalarini joriy etgani bunda 22 ta bank, 105 ta tanker va suveren investisiya jamg‘armasi qamrab olingani haqida xabar bergan edik.