Bugun 22 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Surxondaryoda bank mansabdorlari 93 mlrd so‘mni talon-toroj qilgani aniqlandi

Surxondaryoda bank mansabdorlari 93 mlrd so‘mni talon-toroj qilgani aniqlandi

O‘zbekiston Oliy sudi jinoyat ishlari bo‘yicha taftish instansiyasida bir guruh bank mansabdorlariga oid ajrim ishi ko‘rib chiqildi. Ish 2025 yil 16 iyul sanasida ko‘rilgan.

Bu haqda Platina.uz xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, sudlanuvchi B. A. X bankning Sherobod filiali bosh hisobchisi, D.D esa bank hisobchisi sifatida ishlagan, Q.B. esa kredit inspektori, T.O‘ bank bosh yuristi, S.E axborot texnologiyalari bo‘lim boshlig‘i, Z.O. plastik karta bo‘limi mutaxassisi sifatida ishlab kelgan.

Ular umumiy jinoiy maqsad yo‘lida uydirma (fiktiv) omonat va kredit hisoblarini ochganlar.

Omonatchilar sifatida aniqlashtirilmagan shaxslar ko‘rsatilib, hujjatlar soxtalashtirilgan. Shu asosda bank dasturi — "iABS" orqali omonat hisob raqamlari ochilib, mo‘ljal qilingan pul mablag‘lari rasmiylashtirilgan.

Jinoyat guruhi mablag‘larni naqdlashtirish uchun turli banklardan foydalangan. Ular orqali bank kartalariga pul o‘tkazilib, so‘ng bankomatlardan yechib olingan. Jami 93 mlrd so‘mdan oshiq mablag‘ ushbu sxema asosida o‘zlashtirib yuborilgan.

Sud jarayonida ma’lum bo‘lishicha, ushbu pullardan ayrimlari avtomobil, uy-joy va boshqa mol-mulklar sotib olishga sarflangan.

Ayrim mulklar uchinchi shaxslar nomiga rasmiylashtirilgan.

Sud tergov davomida aniqlagan zararning umumiy summasi 10 milliard so‘mdan ortiq ekanligi ko‘rsatilgan.

Aybdorlarga Jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudining 2020 yil 2 noyabrdagi hukmiga ko‘ra, 7,5 yildan qamoq jazosi berilgan.

B.A va uning otasi tomonidan ma’lum miqdorda mablag‘ qaytarilgan, shuningdek, ayrim sudlanganlar tomonidan ham pul va mulk shaklida qoplash harakatlari amalga oshirilgan.

Bundan tashqari, fuqarolik da’vogar sifatida ishtirok etgan bank vakillari keltirilgan moddiy zarar uchun solidar javobgarlik belgilashni so‘rashgan.

Sud ushbu talabni qanoatlantirgan. Har bir mahkumdan keltirilgan zararni solidar tartibda undirish yuzasidan qaror qabul qilingan.

Yakuniy hukmga ko‘ra, jami olti nafar sudlanuvchiga belgilangan jazo o‘zgarishsiz qoldirildi.

Ularning rahbarlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqi 2,5 yilgacha cheklangan.

Sud ishi Oliy sud portalidan olindi.

Kiritildi: 13:40 21.07.2025. O'qildi: 834 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!