Bugun 22 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiya 2016 yilgi AQSh prezidentlik saylovlariga aralashmagan, bu Obamaning fitnasi

Rossiya 2016 yilgi AQSh prezidentlik saylovlariga aralashmagan, bu Obamaning fitnasi

Rossiya 2016 yilgi AQSh prezidentlik saylovlariga aralashmagan, bu Obamaning fitnasi bo‘lgan, deya xabar bermoqda AQSh Milliy razvedkasi.

"Moskvaning 2016 yilda Qo‘shma Shtatlardagi prezidentlik saylovlariga aralashish niyati ham, imkoniyati ham bo‘lmagan", — dedi AQSh Milliy razvedkasi rahbari Tulsi Gabbard Fox News telekanalidagi chiqishida.

Gabbardning so‘zlariga ko‘ra, Barak Obama ma’muriyati 2016 yilgi prezidentlik saylovida Donald Trampning g‘alabasidan norozi bo‘lib, uning mamlakatni boshqarishiga to‘sqinlik qilish uchun hisobotlarni soxtalashtirgan.

Milliy razvedka rahbari Barak Obamani “AQSh xalqi irodasiga qarshi ish tutish”da aybladi.

Bundan avval Gabbard Obama ma’muriyati tomonidan razvedka ma’lumotlarini soxtalashtirishga oid hisobotni ham e’lon qilgan edi. Uning aytishicha, 2016 yilning avgust oyida AQSh Ichki xavfsizlik vazirligining bir xodimi Milliy razvedkaning o‘sha paytdagi rahbari Jeyms Klepperga “ovozlar hisob-kitobiga aralashuv belgisi yo‘qligi” haqida xabar bergan. Bu vaqtda Obama jamoasi aksini da’vo qilayotgan edi.

Kiritildi: 12:25 21.07.2025. O'qildi: 908 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!