Bugun 30 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

Navoiydagi bog‘chalarda bolalarga iste’molga yaroqsiz go‘sht berilayotganligi aniqlandi

Navoiydagi bog‘chalarda bolalarga iste’molga yaroqsiz go‘sht berilayotganligi aniqlandi

Navoiy viloyati Nurota tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlar hamda o‘quvchilar va tarbiyalanuvchilarning sog‘lom ovqatlanishi tashkil etilishining holati jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganildi.

Mazkur tadbir davomida maktab va bog‘chalarda ta’lim sifati, moddiy-texnik baza, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, ovqatlanish sifati va boshqa muhim masalalar atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganishlar natijasida, ayrim maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar uchun ajratilgan oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanish qoidalariga rioya qilinmayotgani aniqlandi. Xususan, ayrim tashkilotlarda go‘sht mahsulotlarining 4/1 qismi yaroqsiz holatda ekani qayd etildi.

O‘rganish ishlari davom etmoqda, o‘rganish yakunlari va aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga rasman ma’lumot taqdim etiladi.

Kiritildi: 20:53 24.03.2025. O'qildi: 621 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!