Bugun 2 may, 2025 yil, juma

КИР

“Navoiyazot” AJ hududida portlash yuz berdi

 “Navoiyazot” AJ hududida portlash yuz berdi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilishicha, bugun soat 14:10 da kompaniyaning 25-sexi laboratoriyasida gaz-havo aralashmasining chaqnashi ro‘y bergan va yong‘in kelib chiqqan.

"Hodisa joyiga 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borib, yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borildi. Yong‘in o‘chirildi, ammo voqea oqibatida 1 nafar fuqaro halok bo‘ldi, 11 nafar fuqaro tan jarohati oldi. Hozirda jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda", deyiladi FVV bayonotida.

Kiritildi: 16:21 11.03.2025. O'qildi: 1742 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!