Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Navoiy viloyatida IIB qidiruvidagi shaxs qo‘lga olindi

Navoiy viloyatida IIB qidiruvidagi shaxs qo‘lga olindi

Buxoro viloyatida firibgarlik jinoyatini sodir etishda gumon qilinib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning qidiruvida bo‘lgan shaxs Navoiyda qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, u T.YU. ismli ushbu shaxsga Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilib, tergovdan yashiringani uchun G‘ijduvon tumani IIB tomonidan qidiruv e’lon qilingan. Tumanning Zarangari mahalalasida ro‘yxatda turuvchi bu shaxsning Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi yashiringan manzili aniqlanib, o‘sha yerda ushlangan.

Ayni paytda u tergov hibsxonasiga joylashtirilgan.

Kiritildi: 15:40 13.04.2025. O'qildi: 879 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!