Bugun 6 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Safoyev Nurali Ne’matulloyevich Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

1992 yilda tug‘ilgan N. Safoyev Toshkent pediatriya tibbiyot institutini tamomlagach, mehnat faoliyatini 2018 yilda Vobkent tuman 12-son qishloq oilaviy poliklinikasida pediatr-shifokor sifatida boshlagan.

2019 – 2022 yillar davomida Uchquduq tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi mudiri, ushbu tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i kabi lavozimlarda mehnat qilgan.

31 yoshli N. Safoyev ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Kiritildi: 12:39 20.04.2023. O'qildi: 3743 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!