Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

NATO Ukrainaga hamkor maqomini oshirishni taklif qilishga qaror qildi

NATO Ukrainaga hamkor maqomini oshirishni taklif qilishga qaror qildi

NATO davlatlari Ukrainaga a’zolik arizasini qo‘llab-quvvatlashini ko‘rsatish uchun unga munosabatlarning yangilangan formatini taklif qilish va uning hamkor maqomini oshirish niyatida. Bu haqda Shimoliy Atlantika alyansi rasmiylariga tayanib Euractiv xabar bermoqda.

Portalga ko‘ra, Ukraina hozir bo‘lgani kabi faqat ayrim masalalarni muhokama qilish uchun taklif qilinmasdan, Ukraina-NATO kengashining to‘laqonli a’zosiga aylanadi.

“Unda ukrainaliklar xohlagan vaqtda yig‘ilish o‘tkazishi mumkin va urush zonasidagi vaziyat haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xabar berish osonroq bo‘lardi. Bu hamkorlikning keng ko‘lamli yangi yo‘nalishlari uchun eshiklarni ochadi”, — dedi manbalar.

NATO rasmiylariga ko‘ra, hamkorlikning bu formati faolroq razvedka ma’lumotlari almashish va maslahatlashuvlar, qo‘shma mashg‘ulotlar, shuningdek, mudofaa sanoatiga sarmoya kiritishni o‘z ichiga olishi mumkin.

Kiritildi: 14:07 26.05.2023. O'qildi: 1618 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!