Kiyevga berilgan qurollarni nazorat qilish, shuningdek, razvedka va o‘quv amaliyotlarini o‘tkazish uchun NATO davlatlarining harbiy xizmatchilari allaqachon Ukraina hududiga kelgan. Bu haqda Ispaniyaning EL PAÍS gazetasi yozadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, alyans harbiylari harbiy amaliyotlarda bevosita ishtirok etmaydi. Nashr eslatishicha, Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorski 8 mart kuni Varshavadagi anjumanda “Ukrainada allaqachon NATO askarlari bor”, deb aytgan edi.
Shu bilan birga, TIV rahbari “boshqa siyosatchilardan farqli o‘laroq” bu qanday davlatlar ekanligini aytmasligini ta’kidladi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, vazirning so‘nggi so‘zlari fevral oyi oxirida Britaniya va Fransiya qo‘shinlari Ukrainada ekanligi haqida xabar bergan Germaniya kansleri Olaf Sholsni tanqid qilgan.