Shimoliy Atlantika alyansi Ukrainani qo‘llab-quvvatlash strategiyasini qayta ko‘rib chiqdi, deb yozadi Bloomberg. NATO endi Ukrainaning harbiy g‘alabaga erishishdan ko‘ra, tinchlik muzokaralaridagi pozisiyasini mustahkamlashga yoki Rossiya hujumlarini to‘xtatishga e’tibor qaratmoqda.
Agentlik manbalarining ta’kidlashicha, bu o‘zgarish Ukraina Qurolli kuchlarining bosqichma-bosqich chekinishi va Rossiya nazorati ostidagi hududlarni saqlab qolgan holda mojaroning muzlashi ehtimoli ortib borayotgani bilan bog‘liq.
Alyansning yevropalik a’zolari Moskva bilan mojaroning kuchayishiga yo‘l qo‘ymasdan, Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini ta’minlaydigan stsenariylarni ko‘rib chiqishni boshladilar. Takliflardan biri yevropalik harbiylar nazorati ostida demilitarizasiya qilingan hududni yaratish edi. G‘arb ommaviy axborot vositalari avvalroq xuddi shunday tashabbuslar haqida xabar berib, tinchlik kelishuvlarini bajarish uchun Ukrainaga xalqaro qo‘shinlarni yuborish imkoniyatini eslatib o‘tgan edi.
Bloomberg'dagi yuqori martabali diplomatik manbaning aytishicha, munozaralar frontdagi mo‘rt vaziyat va tezkor muzokaralar zarurligi e’tirof etilgan paytda o‘tkazilmoqda. Biroq, Moskva haligacha urushni tugatishga tayyorligini ko‘rsatgani yo‘q, deya qo‘shimcha qiladi agentlik.
Ayni paytda, NATO mudofaa va tinchlik muzokaralari bo‘lgan taqdirda pozisiyasini mustahkamlash uchun Ukrainaga qurol yetkazib berishni ikki barobarga oshirmoqda.