Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

NATO davlatlari Ukraina uchun AQSh qurollariga 6 milliard dollar ajratdi

NATO davlatlari Ukraina uchun AQSh qurollariga 6 milliard dollar ajratdi

NATO bosh kotibi Mark Ryutte ma’lum qilishicha, alyansga a’zo davlatlar va hamkor mamlakatlar Ukraina uchun AQSh harbiy texnikasi va qurol-yarog‘larini xarid qilish maqsadida qariyb 6 milliard dollar ajratgan.

U bu haqda NATO–Ukraina kengashi yig‘ilishida so‘zlab, yordam NATOning PURL (Ukrainaning ustuvor ehtiyojlari ro‘yxati) dasturi orqali amalga oshirilayotganini aytdi.

Ryuttening ta’kidlashicha, mazkur dastur doirasida Ukraina ittifoqchilari mablag‘ ajratadi, ushbu mablag‘lar esa AQSh ishlab chiqargan qurol va harbiy texnikani sotib olishga yo‘naltiriladi.

«Ittifoqchilar va hamkorlar allaqachon qariyb 6 milliard AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratishdi va bu yordam davom etadi», — dedi NATO rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, alyans Kiyevni harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish niyatida va Ukraina mudofaa qobiliyatini mustahkamlash uchun yangi yordam paketlari ham ko‘rib chiqilmoqda.

Kiritildi: 22:19 03.06.2026. O'qildi: 158 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!