Bugun 15 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Narxlarni asossiz oshirgan monopol korxonalarga chora ko‘riladi — Raqobat qo‘mitasi

Narxlarni asossiz oshirgan monopol korxonalarga chora ko‘riladi — Raqobat qo‘mitasi

O‘zbekistonda gaz va elektr toki qimmatlashganidan foydalanib, o‘z mahsulot va xizmatlari narxlarini asossiz oshirgan monopol korxonalar jazolanadi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2026 yil 1 iyundan respublikada yonilg‘i-energetika resurslari narxlari 10 foizga oshirildi. Mazkur holat ayrim mahsulot va xizmatlar tannarxiga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatishi tabiiy. Qo‘mita bu holat monopol va tabiiy monopol mahsulotlar hamda xizmatlar narxlarini iqtisodiy jihatdan asoslanmagan tarzda oshirish uchun sabab bo‘la olmasligini bildirdi.

“Raqobat qo‘mitasi monopol va tabiiy monopol korxonalarni narxlarni belgilashda amaldagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya etishga chaqirib, har qanday asossiz narx oshirish holatlariga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilishini ma’lum qiladi”, deyiladi xabarda.

Qo‘mita ustun mavqega ega (monopol) korxonalar faoliyati va ular qo‘llayotgan narxlar doimiy nazoratda ekaniga urg‘u bergan. Agar monopol mahsulotlar va xizmatlar narxlari iqtisodiy asoslantirilmasdan oshirish holatlari aniqlangan taqdirda, qonunchilikda belgilangan moliyaviy jarimalar va boshqa ta’sir choralari qo‘llanishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 14:45. O'qildi: 306 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!