Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Napoli" - A Seriya 2024/25 chempioni!

"Napoli" - A Seriya 2024/25 chempioni!

"Napoli" o‘z maydonida A Seriya 38-turi doirasida "Kalyari"ni mag‘lub etdi - 2:0. Gollarga Skott Maktominey va Romelu Lukaku mualliflik qildi.

Parallel kechgan o‘yinda "Inter" safarda "Komo"ni mag‘lub etdi - 2:0.

Gollarga Stefan de Vrey va Xoakin Korrea mualliflik qildi.

"Napoli" ochkolarini 82 taga yetkazib, Italiya chempioniga aylandi. Antonio Konte jamoasi "Inter"ni 1 ochkoga ortda qoldirdi. Uchinchi o‘rinni "Atalanta" (74) egalladi.

"Napoli" o‘z tarixida to‘rtinchi marta va so‘nggi uch yil ichida ikkinchi marta Italiya chempionligini qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 06:56 24.05.2025. O'qildi: 571 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!