Bugun 26 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Namangandagi AYOQShda sodir bo‘lgan portlash natijasida bir kishi halok bo‘ldi

Namangandagi AYOQShda sodir  bo‘lgan portlash natijasida bir kishi halok bo‘ldi

2025 yil 25 oktyabr kuni soat 18:47 da 112-tizimiga Namangan viloyati Chust tumani "Birlik" mahallasida ish faoliyatini to‘xtatgan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shaxobchasida chaqnash sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushdi.

Hodisa joyiga uchta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi yetib borgan. Yong‘in yuzaga kelmagan. 10 tonnalik yoqilg‘i saqlash sisternasining boshqa joyga ko‘chirish jarayonida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmaganligi natijasida chaqnash yuz bergan.

Chaqnash oqibatida, payvandlovchi sifatida ishlagan ishchi vafot etgan.

Hozirda hodisa sabablari va yetkazilgan zarar miqdori o‘rganilmoqda.

Kiritildi: Bugun 06:50. O'qildi: 637 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!