Namanganda YPX xodimlari noqonuniy olib ketilayotgan 360 ta iPhoneʼni to‘xtatib qoldi.
Qamchiq dovonidagi YPX maskanida tekshirilgan mashinada tegishli hujjatlarsiz olib ketilayotgan 360 ta «iPhone 16 Pro Max» telefonlari aniqlangan. Ularning bozor qiymati 430 ming dollardan oshadi.
Haydovchi va qurilmalar surishtiruvni davom ettirish uchun Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Pop tumani bo‘limiga topshirilgan.