AQSh va Xitoy muzokaralar olib bormoqda va oxir-oqibat savdo kelishuviga erishishi mumkin.
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z vazirlar mahkamasining so‘nggi yig‘ilishida Oq uyda chiqish qilar ekan, bunga ishonch bildirdi.
"Ammo, umid qilamanki, qachondir Xitoy bilan kelishuvga erishamiz. Biz Xitoy bilan bu masala bo‘yicha muzokaralar olib bormoqdamiz", - dedi davlat rahbari.
U Xitoydan kelayotgan mahsulotlarga yuqori bojxona to‘lovlarini joriy qilishni istamasligini ta’kidladi.
"Menga rais Si yoqadi, men ular bilan bunday bo‘lishini istamasdim. Kemalar yuz o‘girishmoqda, chunki ular tovarlardan bosh tortmoqda, ular bojlar tufayli sotib olmoqchi emas. Butun Xitoy bo‘ylab zavodlar yopilyapti, chunki biz ularning mollarini xohlamaymiz", - deya qo‘shimcha qildi Tramp.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Xitoy TIV rasmiy vakili Guo Szyakun Xitoy va AQSh Xitoy mahsulotlariga Amerika tomoni tomonidan joriy qilingan bojlar bo‘yicha muzokaralar olib bormayotganini ma’lum qilgan edi.