Prezident Vladimir Putin Volgogradga Stalingrad nomini qaytarish masalasini ko‘rib chiqishga tayyor ekanligini bildirdi, ammo bu qarorni shahar aholisining o‘zi qabul qilishi kerakligini ta’kidladi.
"O‘ylab ko‘ramiz. Buni shahar aholisidan so‘rash kerak," dedi u "Bilim. Birinchilar" marafonida ishtirokchilar bilan uchrashuvda.
VTSIM ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda Volgograd aholisining 67 foizi shaharni qayta nomlashga qarshi chiqqan. Asosiy sabablar orasida yuqori xarajatlar, ma’nosizlik va Stalin shaxsiga bo‘lgan turli xil munosabatlar mavjud.
Kuni kecha Putin mintaqa faxriylari iltimosiga ko‘ra Gumrak aeroportiga "tarixiy nom" Stalingradni berish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu qaror geografik ob’ektning rasmiy nomiga ta’sir qilmaydi.