Bugun 15 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Namanganda ijaraga mashina olgan maktab o‘quvchilari avariyaga uchradi

Namanganda ijaraga mashina olgan maktab o‘quvchilari avariyaga uchradi

Namangan viloyatining Davlatobod tumani, “Porloq” mahallasi, Islom Karimov ko‘chasida 2 aprel kuni YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan maktab o‘quvchisi Nexia-3 mashinasini boshqarib borib, yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketgan va yuk avtomashinasi bilan to‘qnashgan.

Hodisa oqibatida yengil mashina haydovchisi va old o‘rindig‘idagi yo‘lovchi — haydovchining sinfdoshi bo‘lgan bola og‘ir tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Surishtiruvlarda ma’lum bo‘lishicha, Nexia-3 haydovchisi o‘ziga avvaldan tanish bo‘lgan 11-sinf o‘quvchisidan 2 soatga ijara evaziga mashina haydovchi yigitlarni so‘raydi. U esa 9-sinf o‘quvchilariga bu taklifni beradi va ulardan jami 220 ming so‘m pul oladi. Pullardan 70 ming so‘mini o‘rtachi bola, 150 ming so‘mini avtomashina egasi oladi.

Keyinchalik mashinani ijaraga bergan shaxsning o‘zi ham avtomobilni ijaraga haydashi ma’lum bo‘ldi.

Kiritildi: 13:36 06.04.2025. O'qildi: 1491 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!