"O‘zenergoinspeksiya" Namangan viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Mingbuloq tumanida joylashgan “B. G. G.” fermer xo‘jaligiga qarashli suv nasoslari hisoblagichdan tashqari tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik elektr ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra 4,5 milliard so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.