Bugun 3 aprel, 2025 yil, payshanba

КИР

Nahotki! Florentino Peres "Barselona" tarbiyalanuvchisini "Real"ga murabbiy qilmoqchi

Nahotki! Florentino Peres "Barselona" tarbiyalanuvchisini "Real"ga murabbiy qilmoqchi

Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres hozirda Italiyaning "Komo" klubini boshqarayotgan Sesk Fabregasni Karlo Anchelottiga o‘rinbosarlar qatoriga qo‘shgan. Bu haqda Ispaniyaning Defensa Central nashri xabar tarqatdi.

37 yoshli ispaniyalik qo‘l ostida italyan klubi hozirda A Seriyada 13-o‘rinda bormoqda. Fabregasning klub bilan shartnomasi esa 2028 yil o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, Sesk Fabregas professional futbolchilik faoliyati "Barselona" akademiyasida boshlagan.

Kiritildi: 18:31 01.04.2025. O'qildi: 1352 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!