Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

"MYu" futbolchisi Saudiya klubidan tushgan taklifga rad javob berdi

"MYu" futbolchisi Saudiya klubidan tushgan taklifga rad javob berdi

"Manchester Yunayted" sardori Brunu Fernandesh uni Saudiya Arabistoniga og‘dirib olishga bo‘lgan urinishlarga aniq javob qaytardi.

Nufuzli insayder Fabrisio Romanoning ma’lum qilishicha, portugaliyalik "Al-Hilol"ning moliyaviy shartlari o‘ta qulay bo‘lishiga qaramay, uning taklifini rad etgan. Saudiya Pro ligasi klubi Fernandeshga hech kimni befarq qoldirmaydigan shartnoma taklif qildi. Biroq, yarim himoyachi yakuniy tanlovni amalga oshirdi - u faoliyatini Yevropa futbolida davom ettirmoqchi va yaqin yozda "Manchester Yunayted"ni tark etish niyatida emas.

2024/2025 yilgi mavsumda Brunu 57 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 20 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "Yunayted" bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi va Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor narxi 50 mln yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 12:41 03.06.2025. O'qildi: 458 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!