Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

"MYu" - ECHL va YELning barcha 72 jamoasi orasida birorta o‘yinda mag‘lub bo‘lmagan yagona klub

"MYu" - ECHL va YELning barcha 72 jamoasi orasida birorta o‘yinda mag‘lub bo‘lmagan yagona klub

"Manchester Yunayted" joriy mavsumda Evropa Chempionlar Ligasi va Evropa Ligasining barcha 72 ishtirokchisi orasida yevrokubok o‘yinlarida hali mag‘lubiyatga uchramagan yagona klub bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, "qizil iblislar" Yevropa Ligasida beshta g‘alaba va uchta durang qayd etib, 18 ochko bilan umumiy bosqichda uchinchi o‘rinni egalladi. Shu bilan birga, mankunianliklar Angliya Premyer-ligasi (APL) doirasidagi 25 o‘yinning 12 tasida mag‘lub bo‘ldi va 29 ochko bilan atigi 15-o‘rinni egallab turibdi.

Joriy mavsumdagi barcha yevrokuboklar, jumladan, Konferensiyalar ligasiga kelsak, "MYu"dan tashqari yana ikki jamoa mag‘lubiyatsiz o‘ynamoqda - Londonning "Chelsi" va Portugaliyaning "Vitoriya Gimaraynsh."

Ruben Amorim jamoasi Yevropa Ligasi 1/8 finalida "Real Sosyedad"ga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 17:45 22.02.2025. O'qildi: 670 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!