Bugun 15 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Muxammad bin Salmon husiylar hujumlari kuchaygani sababli bunkerli saroylarda yashirinishga majbur — WSJ

Muxammad bin Salmon husiylar hujumlari kuchaygani sababli bunkerli saroylarda yashirinishga majbur — WSJ


Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muxammad bin Salmon Yamandagi husiylar hujumlari keskin kuchaygani sababli xavfsizlik choralarini jiddiy kuchaytirgan. Bu haqda The Wall Street Journal Saudiya rasmiylari va vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, shahzoda yerosti bunkerlari bilan jihozlangan, kuchli qo‘riqlanadigan saroy majmualari o‘rtasida harakatlanmoqda. Uning xavfsizligini shaxsan tanlangan maxsus qo‘riqlash xizmati ta’minlamoqda.
Xavfsizlik choralarining kuchaytirilishiga Saudiyaning havo mudofaasi uchun mo‘ljallangan raketa tutuvchi raketalar, xususan, Patriot tizimlaridagi raketalar zaxirasi kamayib borayotgani sabab bo‘lgan.
WSJ ma’lumotlariga ko‘ra, dronlar va ballistik raketalarning tez-tez qo‘llanishi natijasida raketa tutuvchi raketalar zaxirasi keskin kamaygan. Saudiya hukumati AQSh va boshqa G‘arb ittifoqchilarini raketalar yetishmasligi haqida ogohlantirgan.
Kiritildi: 19:07 12.10.2026. O'qildi: 539 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!