Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Murodjon Ahmadaliyevning Naoya Inoue bilan jangi qaysi sanada o‘tkazilishi aytildi

Murodjon Ahmadaliyevning Naoya Inoue bilan jangi qaysi sanada o‘tkazilishi aytildi

Ikkinchi eng yengil vazn toifasida WBA Interim chempioni bo‘lib turgan Murodjon Ahmadaliyev vaznning mutlaq chempioni Naoya Inouega qarshi ringga ko‘tariladi.

Faqat buning uchun 4 may tongida Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan boks oqshomida Inoue amerikalik Ramon Kardenasni, Ahmadaliyev esa hozircha noma’lum bo‘lgan raqibini yengishi talab etiladi.

Murodjonning menejeri Vadim Kornilovning so‘zlariga ko‘ra, Inoue — Ahmadaliyev jangi 14 sentyabr sanasida Yaponiya poytaxti Tokio shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilyapti. Avvalroq, charm qo‘lqop ustamiz Naoyaga murojaat qilib, istagalgan joyda, hatto raqibining vatanida ham jang o‘tkazishga tayyorligini aytgandi.

Kiritildi: 11:37 30.03.2025. O'qildi: 709 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!