Bugun 30 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Murodjon Ahmadaliyev, Isroil Madrimov va Bahodir Jalolov ustozi To‘lqin Qilichevga avtomobil sovg‘a qildi

Murodjon Ahmadaliyev, Isroil Madrimov va Bahodir Jalolov ustozi To‘lqin Qilichevga avtomobil sovg‘a qildi

Ijtimoiy tarmoqda joylashtirilgan videoga ko‘ra, bokschilar 1-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan To‘lqin Qilichevga “Mersedes” avtomobilini sovg‘a qilishgan.

Bahodir Jalolov mashg‘ulotlarda bo‘lgani uchun ustozini do‘stlari orqali tabriklagan.

To‘lqin Qilichev 2022 yil avgustida boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan.

2023 yilda o‘tkazilgan jahon chempionati va 2024 yilda o‘tkazilgan jahon kubogi musobaqalarida To‘lqin Qilichev boshchiligidagi O‘zbekiston boks jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagan.

Shuningdek, 2024 yilda Parijda o‘tkazilgan Olimpiada o‘yinlarida o‘zbekistonlik bokschilar beshta oltin medalni qo‘lga kiritib, jahon rekordini o‘rnatishgan.

Osiyo boks konfederasiyasi 2024 yilda To‘lqin Qilichevni Osiyoda yilning eng yaxshi murabbiyi deb e’lon qilgan.

U Isroil Madrimov, Murodjon Ahmadaliyev, Bahodir Jalolov, Elnur Abduraimov, Qudratillo Abduqahhorov, Sanjar Tursunov va boshqa ko‘plab taniqli bokschilarning ustozi hisoblanadi.

Kiritildi: 21:25 29.09.2025. O'qildi: 966 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!