Bugun 23 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Muqaddam Bokuda hibsga olingan Sputnik Ozarbayjon rahbari Igor Kartavix qo‘yib yuborildi

Muqaddam Bokuda hibsga olingan Sputnik Ozarbayjon rahbari Igor Kartavix qo‘yib yuborildi

Ayni damda Igor Kartavix Rossiyaga uchib ketgani ham qo‘shimcha qilindi

Bu haqda RF TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.

“O‘zimni yaxshi his qilyapman”, uyga qaytganimdan xursandman”, dedi Igor Moskvaga qaytgach.

Eslatib o‘tamiz, Bokuda Sputnik Ozarbayjon rahbari Igor Kartavix uy qamog‘iga olingan edi.

Avvalroq “Rossiya Segodnya” xalqaro media guruhi bosh direktori Dmitriy Kiselev Sputnik Ozarbayjon tahririyati direktorining dastlabki qamoqqa olish tarzi uy qamog‘iga o‘zgartirilganini ma’lum qilgandi.

Kiritildi: 13:02 20.10.2025. O'qildi: 661 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!