Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba

КИР

"Mundialdan eng ko‘p AQSh foyda ko‘radi": FIFA sobiq prezidenti JCH-2026 haqida keskin fikr bildirdi

"Mundialdan eng ko‘p AQSh foyda ko‘radi": FIFA sobiq prezidenti JCH-2026 haqida keskin fikr bildirdi

FIFAning sobiq prezidenti Yozef Blatter federasiyaning amaldagi rahbari Janni Infantino va Amerika yetakchisi Donald Trampni futbol bo‘yicha jahon chempionati arafasida faqat pul haqida o‘ylayotganlikda aybladi.

Mundial AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi, biroq Blatterning fikricha, asosiy foydani Qo‘shma Shtatlar yig‘ib oladi.

"Bu ikkovi jahon chempionatidan maksimal darajada foyda olishni ta’minlash uchun shu yerda. Ushbu jahon chempionatidan eng ko‘p Qo‘shma Shtatlar manfaat ko‘radi, tomoshabinlar emas", — deya Blatterning so‘zlarini keltiradi "CBC" nashri.

Avvalroq u Trampni so‘nggi yillarda FIFA bilan sodir bo‘lgan eng yomon voqea ekanligini ta’kidlagan edi.

Kiritildi: Bugun 13:30. O'qildi: 357 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!