Bugun 21 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

Ozarboyjon G‘azo uchun pul ajratmasligini bildirdi

Ozarboyjon G‘azo uchun pul ajratmasligini bildirdi

Boku “Tinchlik kengashi”ning birinchi yig‘ilishida e’lon qilingan G‘azo sektori uchun 7 milliard dollarlik moliyaviy yordam paketida ishtirok etishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Ozarboyjon prezidentining yordamchisi Hikmat Hojiyev jurnalistlarga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Ozarboyjon “Tinchlik kengashi”ga a’zo sifatida uning maqsad va vazifalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Biroq AQSh prezidenti Donald Trampning bayonotiga qaramay, Bokuning “G‘azo uchun 7 milliard dollarlik moliyaviy loyiha”da ishtirok etishi ko‘zda tutilmagan", — dedi ozarboyjonlik rasmiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ozarboyjon kelajakda “Tinchlik kengashi” orqali G‘azodagi investisiya loyihalarida ishtirok etishni ko‘rib chiqishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp O‘zbekiston Qozog‘iston, Ozarboyjon, BAA, Marokash, Bahrayn, Qatar, Saudiya Arabistoni va Kuvayt G‘azo sektorini qayta tiklash uchun yordam paketiga 7 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratganini e’lon qilgan edi.

Kiritildi: Bugun 17:32. O'qildi: 948 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!