AQSh prezidenti Donald Tramp federal idoralarga o‘zga sayyoraliklar va noma’lum uchar jismlarga oid hujjatlarni oshkor etishni topshirdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Tramp jamoatchilik qiziqishi yuqori ekanini aytib, Pentagonga ma’lumotlarni e’lon qilishni buyurgan. Sobiq prezident Barak Obama esa avvalroq podkastda o‘zga sayyoraliklarni ko‘rmaganini, “Area 51”da ham ular saqlanmasligini aytgan.
Pentagonning so‘nggi hisobotlarida esa o‘zga sayyoraliklar texnologiyasiga oid hech qanday dalil topilmagani qayd etilgan.