Slovakiya Bosh vaziri Robert Fiko agar Kiyev mamlakatga neft yetkazib berishni tiklamasa, Ukrainga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatish bilan tahdid qildi.
Uning bayonoti 21-fevral kuni Facebook’da e’lon qilindi. Fiko shunday yozgan:
“Agar Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy dushanba kuni Slovakiyaga neft yetkazib berishni qayta tiklamasa, men tegishli Slovakiya kompaniyalaridan o‘sha kuni Ukrainga favqulodda elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatishni so‘rayman.”
Fikoning fikricha, Zelenskiy Slovakiyaga nisbatan yomon niqat bilan harakat qilmoqda, chunki u Ukraina inqirozini hal qilishda tinchliksevar yondashuvni qabul qilmaydi.