Bugun 21 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

Zambiya sobiq prezidenti jasadi sakkiz oydan beri muzlatkichda saqlanmoqda

Zambiya sobiq prezidenti jasadi sakkiz oydan beri muzlatkichda saqlanmoqda

Zambiya sobiq prezidenti jasadi vafot etganiga sakkiz oydan oshgan bo‘lsa ham, Janubiy Afrikadagi dafn xizmati muzlatkichida saqlanmoqda.

Bunga sobiq prezident Edgar Lunguning oilasi bilan mamlakatning amaldagi prezidenti Hakainde Hichilema o‘rtasidagi kelishmovchilik sabab bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Lungu 2025 yil 5 iyunda 68 yoshida vafot etgan. Vafotidan oldin u oilasiga Hichilemani jasadiga yaqinlashtirmaslikni buyurgan. Oila amaldagi prezident ishtirok etmagan holda shaxsiy dafn marosimini o‘tkazishni talab qilmoqda, Zambiya hukumati esa davlat marosimi o‘tkazilishini istamoqda.

Dafn marosimi bilan bog‘liq nizo sudga ko‘chgan. Avgust oyida Janubiy Afrika sudi Zambiya hukumatiga jasadni ona yurtiga olib kelishga ruxsat berdi. Lunguning singlisi Berta sud zalida yig‘lab, Hichilemani marhumning jasadi bilan an’anaviy marosimlar o‘tkazmoqchi bo‘lganlikda aybladi. Hichilema esa bu ayblovlarni rad etib, o‘zining xristian e’tiqodi an’anaviy marosimlarga ishonishga yo‘l qo‘ymasligini ta’kidladi.

Asocciated Press'ning yozishicha, Zambiyada bu holat nafaqat siyosiy, balki ma’naviy nizo sifatida ham qabul qilinmoqda. Mamlakatda an’anaviy e’tiqodlar keng tarqalgan bo‘lib, o‘limdan oldingi la’nat jiddiy qabul qilinadi.

Kiritildi: Bugun 19:00. O'qildi: 513 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!