Ishtirokchilar orasida "Rosneft" bilan aloqador bo‘lgan ozarboyjonlik biznesmen, shuningdek, sanksiyalar ro‘yxatidagi shaxslar bilan bog‘liq kompaniyalar ham bor.
Financial Times gazetasi surishtiruv o‘tkazib, 90 milliard dollar miqdordagi sanksiyalarni chetlab o‘tgan holda Rossiya neftini tashishga aloqador 48 ta kompaniyadan iborat tarmoqni aniqladi. Real eksport hajmi bundan ham katta bo‘lishi mumkin.
Ushbu tarmoq kompaniyalarning barchasi bitta xususiy pochta serveridan foydalangani ortidan ma’lum bo‘lgan.
Surishtiruv natijasida 442 ta veb-domen aniqlangan, ularning registrasiya ma’lumotlariga ko‘ra, barchasi o‘z elektron pochtasi uchun mx.phoenixtrading.ltd serveridan foydalangan.
Nashrning qayd qilishicha, kompaniyalardan ba’zilari Rossiyada neft sotib olish bilan shug‘ullanadi, boshqalari esa Hindiston va Xitoyga sotadi. 2024 yil noyabr oyida "Rosneft" dengiz eksportining 80 fozdan ortig‘i ushbu soxta kompaniyalar orqali amalga oshirilgan.
Surishtiruvda ko‘pchilik soxta kompaniyalar faqat yarim yil faol bo‘lgani, shuning uchun ularni kuzatish qiyinligi keltirilgan.
Hozirgi eng yirik Rossiya neft eksportchisi — Birlashgan Qirollik sanksiyasiga tushgan Redwood Global Supply kompaniyasi bo‘lib, u ham umumiy pochta serveri foydalanuvchilari orasida aniqlangan.
Ma’lumotlar yangi sanksiyalar joriy etishda ishlatilishi mumkinligi aytilmoqda.