Mujtabo Xominaiy AQSh va Isroilning havo hujumi oqibatida tizzasi va belidan jarohat olgan — Al Arabiya.
"Eronning yangi oliy rahbari 28 fevral kuni AQSh va Isroil Eron hududiga qarshi qo‘shma harbiy operasiyani boshlagan paytda jarohat olgan. O‘sha hujumda uning otasi, Eron oliy rahnamosi oyatulloh Ali Xominaiy va turmush o‘rtog‘i halok bo‘lgan", deya xabar bermoqda telekanal Eron rasmiylariga tayanib.
Manbalarga ko‘ra, portlash to‘lqini oqibatida Mujtabo Xominaiy yerga yiqilib tushgan va tizzasi hamda belidan jarohat olgan. Bundan tashqari, uni qulog‘ini orqa qismida kichik kesik paydo bo‘lgan. Mujtaboni belidagi jarohat allaqachon tuzalgan, tizzasi esa tez orada to‘liq sog‘ayishi kutilmoqda. Qulog‘i orqasidagi kichik kesik esa sallasi sabab ko‘rinmaydi.
Eron rasmiylari Mujtabo Xominaiyning sog‘lig‘i bo‘yicha xavotirga o‘rin yo‘qligini ta’kidlamoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, dushman tomoni oliy rahnamo haqida ma’lumot yoki yozuvlarni qo‘lga kiritib, unga zarba berishga urinmoqda.
"Bu Eron hukumati yangi oliy rahnamo olgan jarohatlar tafsilotlarini ilk bor rasman oshkor qilayotgan holat hisoblanadi. Xominaiy otasi halok bo‘lganidan keyin Oliy rahnamo lavozimini egallagan. Shundan so‘ng AQSh uni va boshqa muhim amaldorlarni topishga yordam beradigan ma’lumot uchun 10 million dollar mukofot e’lon qilgan edi", deyiladi Al Arabiya xabarida.